Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

Arbeloa «Real»ning musobaqadan chiqib ketgani uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga oldi

Arbeloa «Real»ning musobaqadan chiqib ketgani uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga oldi

Baho:
+ | -

«Real» Chempionlar Ligasida «Bavariya» to‘sig‘idan o‘ta olmadi. Alvaro Arbeloa jamoasi Myunxenda uch bor hisobda oldinda borganiga qaramay, yakunda 3:4 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. O‘yindan so‘ng Arbeloa natija uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga oldi va kelajagi borasidagi qarorni klub rahbariyati chiqarishini ta’kidladi.

«Bu mag‘lubiyat uchun men javobgarman. Bunday vaziyatlarda doimo mas’uliyatni o‘z zimmamga olaman, chunki futbolchilar borini berishdi. Men bu yerga o‘z darajamni isbotlash uchun emas, balki o‘yinchilarga yordam berish uchun kelganman.

Biz Gvardiolaning «Manchester Siti»siga, Kompanining «Bavariya»siga, Simeonening «Atletiko»siga qarshi o‘ynadik va men doimo jamoaga yordam berishga harakat qildim. Kelajagim borasida umuman xavotirda emasman», — dedi Arbeloa jurnalistlarga.

Eslatib o‘tamiz, Alvaro Arbeloa yanvar oyi o‘rtalaridan buyon «Real»ni boshqarib kelmoqda. Uning taqdiri endi mavsum yakunlariga bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Kiritildi: 04:53, 16.04.2026.
O'qildi: 1178 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик