Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Arsenal» — joriy Chempionlar Ligasida biror marta mag‘lub bo‘lmagan yagona klub

«Arsenal» — joriy Chempionlar Ligasida biror marta mag‘lub bo‘lmagan yagona klub

Baho:
+ | -

Londonning «Arsenal» jamoasi UYEFA Chempionlar Ligasining 2025/2026 yilgi mavsumida hali biror marta mag‘lubiyatga uchramagan yagona jamoa bo‘lib turibdi. 1/4 final javob bahsida «kanonirlar» Lissabonning «Sporting» klubi bilan durang (0:0) o‘ynashdi va musobaqaning yarim finaliga yo‘l olishdi.

Jamoalar o‘rtasidagi bir hafta oldin bo‘lib o‘tgan dastlabki uchrashuv londonliklarning kichik (1:0) hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan edi. Mikel Arteta shogirdlari joriy turnirda (umumiy bosqichni ham hisobga olganda) o‘tkazilgan 12 ta o‘yinning 10 tasida g‘alaba qozonib, 2 tasida durang qayd etishdi.

Chempionlar Ligasining 1/2 finalida «Arsenal» Madridning «Atletiko» jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Eslatib o‘tamiz, bir kun avval «matraschilar» ikki o‘yin natijasiga ko‘ra «Barselona»ni (2:0, 1:2) musobaqadan chiqarib yuborib, yarim finalga yo‘l olgan edilar.

Kiritildi: 05:21, 16.04.2026.
O'qildi: 771 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик