Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

Kompani «PSJ»ga qarshi yarim finalning dastlabki o‘yinini o‘tkazib yuboradi

Kompani «PSJ»ga qarshi yarim finalning dastlabki o‘yinini o‘tkazib yuboradi

Baho:
+ | -

Myunxenning «Bavariya» klubi bosh murabbiyi Vensan Kompani diskvalifikasiya sababli 2025/2026 yilgi mavsum Chempionlar Ligasi yarim finali doirasidagi «PSJ»ga qarshi birinchi uchrashuvni o‘tkazib yuboradigan bo‘ldi.

Germaniya jamoasi ustozi «Real»ga qarshi kechgan chorak final javob bahsida (4:3) hakam tomonidan sariq kartochka bilan jazolangan edi. Bu Kompani uchun turnirdagi navbatdagi ogohlantirish bo‘lgani sababli, u avtomatik ravishda bir o‘yinga chetlatildi.

Ma’lumot uchun, «PSJ» Chempionlar Ligasining amaldagi g‘olibi hisoblanadi. O‘tgan mavsum finalida parijliklar Milanning «Inter» jamoasini 5:0 hisobida mag‘lub etishgan edi. Bu safar Kompanisiz «Bavariya»ga amaldagi chempionga qarshi safarda oson bo‘lmasligi aniq.

Kiritildi: 05:24, 16.04.2026.
O'qildi: 1145 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик