Kirish Ro'yxatdan o'tish

Olise: «Biz iroda ko‘rsata oldik»

Olise: «Biz iroda ko‘rsata oldik»

Baho:
+2 | -

«Bavariya»ning yarim finalga chiqishiga hissa qo‘shgan fransiyalik yarim himoyachi Maykl Olise «Real» bilan bo‘lib o‘tgan bahs haqida to‘xtaldi.

«Ajoyib o‘yin guvohi bo‘ldik. Avvaliga bahs xuddi ping-pong kabi o‘tdi — hujumga hujum bilan javob qaytarildi, gollar ketma-ket urildi. Biroq yakunda iroda ko‘rsatib, kerakli natijani qo‘lga kiritdik. Ikkinchi bo‘limda birinchisiga qaraganda ancha mazmunliroq o‘ynadik. Raqibning qizil kartochka olishi bizga ustunlik berdi, deb o‘ylamayman. Chunki ungacha ham ko‘plab vaziyatlar yaratayotgan edik va tashabbus biz tomonda edi», — deya Olisening so‘zlarini keltiradi BBC Sport.

Ma’lumot uchun, «Bavariya» so‘nggi bor 2020 yilda Chempionlar ligasida zafar quchgan. Endi nemis klubi yarim finalda «PSJ» bilan kuch sinashadi.

Kiritildi: 05:36, 16.04.2026.
O'qildi: 897 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик