Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis

Luis Dias «Bavariya»ni yarim finalga olib chiqdi: «Bu faoliyatimdagi eng muhim gollardan biri»

Luis Dias «Bavariya»ni yarim finalga olib chiqdi: «Bu faoliyatimdagi eng muhim gollardan biri»

Baho:
+ | -

«Bavariya» futbolchisi Luis Dias Madridning «Real» klubiga qarshi kechgan chorak final javob uchrashuvidagi (4:3) goli haqida fikr bildirdi.

Aynan kolumbiyalik futbolchining aniq zarbasi hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ldi: vinger 89-daqiqada gol urib, ikki o‘yin natijasiga ko‘ra jamoasini oldinga olib chiqdi. 94-daqiqada esa Maykl Olise muvaffaqiyatni mustahkamladi — qarama-qarshilik yakunida hisob 6:4 ko‘rinishini oldi.

«Bu gol faoliyatimdagi eng muhim uchta goldan biri hisoblanadi. Barcha muhim gollarimni eslasam, ushbu gol urilgan vaqtini inobatga olgan holda, uni eng sevimlilarimdan biri deb bemalol ayta olaman. Bu juda qiyin o‘yin bo‘ldi, bizga g‘alaba suv va havodek zarur edi. Baxtimizga, men gol urdim va jamoaning keyingi bosqichga chiqishiga yordam berdim», — dedi Dias ESPN nashriga bergan intervyusida.

29 yoshli futbolchi joriy mavsum boshlanishi oldidan «Liverpul»dan «Bavariya»ga ko‘chib o‘tgan edi.

Kiritildi: 12:19, 16.04.2026.
O'qildi: 369 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик