Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/04 23:59 Bavariya 4-3 Real Madrid
15/04 23:59 Arsenal 0-0 Sporting
17/04 18:00 Lokomotiv - Navbahor
17/04 19:00 OKMK - Buxoro
17/04 20:15 Surxon - Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari

Lunin – «Bavariya»ga qarshi o‘yinda paslar soni bo‘yicha «Real» yetakchisi

Lunin – «Bavariya»ga qarshi o‘yinda paslar soni bo‘yicha «Real» yetakchisi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi darvozaboni Andrey Lunin Chempionlar ligasi chorak finalidan o‘rin olgan «Bavariya»ga qarshi javob bahsida jamoadoshlari orasida eng ko‘p uzatma amalga oshirgan futbolchi bo‘ldi.

Myunxendagi uchrashuv «qaymoqranglilar»ning 3:4 hisobidagi mag‘lubiyati bilan yakunlandi. Maydon egalari bahs yakunida ikkita gol urib, qarama-qarshilikda (6:4) g‘alabani ilib ketishdi. E’tiborli jihati shundaki, madridliklar safida uzatmalar soni bo‘yicha darvozabon yetakchiga aylandi — Lunin 33 ta pas bergan. Biroq, ulardan faqat 17 tasi (52% aniqlik) manzilga yetib borgan. «Real»ning maydondagi o‘yinchilari orasida eng ko‘p uzatmani Federiko Valverde amalga oshirdi — 32 ta (25 tasi aniq). «Bavariya»da esa ko‘rsatkichlar mutlaqo boshqacha: Yozua Kimmix hammadan ko‘p — 118 ta uzatma bergan (102 tasi aniq).

Yarim finalda Myunxen grandi to‘p nazoratini xush ko‘radigan boshqa bir jamoa — «PSJ» bilan to‘qnash keladi.

Kiritildi: 13:49, 16.04.2026.
O'qildi: 352 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик