Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/05 23:59 Bavariya 1-1 PSJ
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna

«Real»ning «Bavariya»dan uchragan mag‘lubiyatida Kamavinga aybdormi? Jerrard o‘z fikrini aytdi

«Real»ning «Bavariya»dan uchragan mag‘lubiyatida Kamavinga aybdormi? Jerrard o‘z fikrini aytdi

Baho:
+ | -

«Liverpul» klubi sobiq yarim himoyachisi Stiven Jerrard Chempionlar ligasi chorak finalidan o‘rin olgan «Bavariya»ga qarshi javob o‘yinida «Real» xavbeki Eduardo Kamavinganing maydondan chetlatilishi haqida fikr bildirdi.

Javob bahsida «Real» «Alyans Arena»da 3:4 hisobida imkoniyatni boy berdi (birinchi o‘yin – 1:2). 85-daqiqada, hisob madridliklar foydasiga 3:2 bo‘lib turgan vaqtda, 62-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Kamavinga raqib yarim maydonida Harri Keynga nisbatan fol ishlatdi va hushtaqdan keyin to‘pni raqibga bermadi. Buning uchun uchrashuv bosh hakami Slavko Vinchich unga ikkinchi sariq kartochkani ko‘rsatdi.

Madridliklar 86-daqiqada bir kishi kam bo‘lib qolishdi.

«Birinchi sariq kartochka — bu yarim himoyachi xavfli qarshi hujumni to‘xtatish uchun ba’zan amalga oshirishi kerak bo‘lgan ish. Agar sen jamoangga yordam beradigan vaziyatda yoki o‘z sog‘lig‘ingga xavf soluvchi holatda ikkinchi sariq kartochkani olsang, buni tushunish mumkin. Ammo mulohazasizlik va aqlsizlik bilan qilingan bu harakat jamoaga qimmatga tushdi va o‘yinning haqiqiy burilish nuqtasiga aylandi», — dedi Jerrard.

Kiritildi: 17:14, 16.04.2026.
O'qildi: 1393 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик