Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya 0-0 Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya 1-1 Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni 1-1 Urugvay
16/06 06:00 Eron 2-2 Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal
17/06 03:00 Iroq - Norvegiya
17/06 06:00 Argentina - Jazoir
17/06 09:00 Avstriya - Iordaniya
17/06 22:00 Portugaliya - Kongo DR

«Real»ga Vinisiusni sotishni maslahat berishdi

«Real»ga Vinisiusni sotishni maslahat berishdi

Baho:
+ | -

«Real» sobiq darvozaboni Santyago Kanisares klubga jamoa vingeri Vinisiusni sotish imkoniyatini ko‘rib chiqishni taklif qildi.

«Mening fikrimcha, u ikki yildan beri shartnomasi va maqomiga mos bo‘lgan o‘yinni ko‘rsata olmayapti. Bundan tashqari, u «Real» imijiga ijobiy ta’sir qilmaydigan ko‘plab bahsli vaziyatlarda ishtirok etdi.

«Men uni sotaman» deyish juda oson. Agar kimdir uni sotib olsagina, men uni sotardim. Chunki, adashmasam, o‘tgan yili «Real» Rodrigoning transferini 70–80 million yevroga baholagan edi, biroq hech kim hatto bu summaning yarmini ham taklif qilmadi. Shu bois, bunday vaziyatda uni olib qolgan va futbolchi o‘z formasini tiklashini kutgan ma’qul.

Divanda o‘tirib sport direktori bo‘lish juda oson, ammo real dunyoda sen futbolchidan nimani istayotganing va u uchun qancha taklif qilinayotganini hisobga olishing kerak. Shunga qaramay, agar yaxshi taklif bo‘lsa, mening fikrimcha, men uni sotgan bo‘lardim», – dedi Santyago Kanisares Movistar efirida.

Kiritildi: 17:49, 16.04.2026.
O'qildi: 3412 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик