Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/05 23:59 Bavariya 1-1 PSJ
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna

Aleksander Manninger YTH oqibatida vafot etdi

Aleksander Manninger YTH oqibatida vafot etdi

Baho:
+ | -

Turinning «Yuventus» klubi sobiq darvozaboni, 48 yoshli Aleksander Manninger yo‘l-transport hodisasi qurboni bo‘ldi. Bu haqda dastlab Avstriyaning «Red Bull Zalsburg» klubi, so‘ngra «Yuventus» va «Arsenal» matbuot xizmatlari xabar tarqatdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, fojia bugun ertalab Avstriyaning Nusdorf shahrida yuz bergan. Manninger boshqarib borayotgan avtomobil temir yo‘l kesishmasida yo‘lovchi poyezdi bilan to‘qnashib ketgan. Qutqaruvchilarning harakatlariga qaramay, sobiq futbolchining hayotini saqlab qolishning imkoni bo‘lmagan.

Manninger faoliyati davomida «Arsenal», «Yuventus», «Fiorentina» va «Liverpul» kabi grand klublarda to‘p tepgan. U 1998 yilda «Arsenal» bilan APLda, 2012 yilda esa «Yuventus» bilan A Seriyada chempionlikni qo‘lga kiritgan edi.

Kiritildi: 20:13, 16.04.2026.
O'qildi: 893 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик