16 aprel kuni UYEFAning ikkinchi nufuzli klub turniri — Yevropa ligasi 2025/2026 mavsumi chorak final javob o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Ushbu kun doirasida to‘rtta uchrashuv o‘tkazildi va yarim finalga chiqqan jamoalar aniqlandi.
O‘yin natijalari:
«Selta» (Ispaniya) — «Frayburg» (Germaniya) — 1:3 (dastlabki o‘yin — 0:3)
«Aston Villa» (Angliya) — «Bolonya» (Italiya) — 4:0 (3:1)
«Nottingem Forest» (Angliya) — «Portu» (Portugaliya) — 1:0 (1:1)
«Betis» (Ispaniya) — «Braga» (Portugaliya) — 2:4 (1:1)
Shu tariqa, Yevropa ligasi yarim finalida quyidagi juftliklar yuzaga keldi:
«Braga» — «Frayburg»
«Nottingem» — «Aston Villa»
Yevropa Ligasida yarim final bahslari 30 aprel kuni bo‘lib o‘tadi. Javob o‘yinlari esa 7 mayga belgilangan. Turnir g‘olibi 20 may kuni bo‘lib o‘tadigan final orqali aniqlanadi.













