Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv - Navbahor
17/04 19:00 OKMK - Buxoro
17/04 20:15 Surxon - Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted

“Bu musobaqada g‘olib bo‘lish har bir shaxmatchining orzusidir” — Javohir Sindorov Nomzodlar turniridagi ishtiroki haqida

“Bu musobaqada g‘olib bo‘lish har bir shaxmatchining orzusidir” — Javohir Sindorov Nomzodlar turniridagi ishtiroki haqida

Baho:
+ | -

2026 yilgi FIDE Nomzodlar turniri yakunlandi. Kecha, 16 aprel kuni musobaqaning taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

Ayollar o‘rtasidagi bahslarda xitoylik Ju Jiner (7,5 ochko) bronza, Bibisora Assubayeva (8 ochko) kumush medalni qo‘lga kiritdi. Hindistonlik Vaishali Rameshbabu (8,5 ochko) turnir g‘olibi bo‘ldi va Jahon chempionligi uchun xitoylik Ju Venjunga qarshi bahsda ishtirok huquqini qo‘lga kiritdi.

Erkaklar ishtirokidagi turnirda amerikalik Fabiano Karuana (7,5 ochko) bronza, niderlandiyalik Anish Giri (8,5 ochko) esa kumush medalga sazovor bo‘ldi. O‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindorov musobaqa tarixida eng ko‘p g‘alaba (6 ta) va eng yuqori ochkoni (10 ochko) qo‘lga kiritgan holda turnir yakunlanishiga bir tur qolganda chempionlikni qo‘lga kiritdi. Uning sharafiga O‘zbekiston madhiyasi yangradi.

“Men juda baxtiyorman. Bu musobaqada g‘olib bo‘lish har qanday shaxmatchining orzusidir. Bu yo‘l juda og‘ir bo‘ldi. Birinchi navbatda davlatimizga, jamoamga, homiylar va meni qo‘llab-quvvatlagan barchaga minnatdorlik bildiraman. Turnir juda ajoyib va esda qolarli tarzda o‘tdi. Bu yerda biz istagan hamma narsa bor edi. Tashkilotchilarga ham fantastik muhit uchun tashakkur. Video o‘yinlar va padl (tennisga o‘xshash sport turi) o‘ynashga ham vaqt topildi. Kelajakda shunday sharoit yaratilgan har qanday turnirda ishtirok etgan bo‘lardim”, dedi Javohir Sindorov taqdirlash marosimidagi nutqida.

Shuningdek, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Javohir Sindorov bilan telefon orqali muloqoti aks etgan video namoyish etildi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 06:54, 17.04.2026.
O'qildi: 482 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик