Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya 0-0 Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya 1-1 Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni 1-1 Urugvay
16/06 06:00 Eron 2-2 Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal
17/06 03:00 Iroq - Norvegiya
17/06 06:00 Argentina - Jazoir
17/06 09:00 Avstriya - Iordaniya
17/06 22:00 Portugaliya - Kongo DR

Diyego Milito 2010 yilgi final oldidan «Inter»dagi argentinaliklar qanday ruhiy quvvat olganini aytdi

Diyego Milito 2010 yilgi final oldidan «Inter»dagi argentinaliklar qanday ruhiy quvvat olganini aytdi

Baho:
+ | -

Argentinalik hujumchi Diyego Milito 2010 yilgi Chempionlar ligasi finalida ikkita gol urib, o‘z klubi «Inter»ning Myunxenning «Bavariya» jamoasi ustidan 2:0 hisobidagi g‘alabasini ta’minlagan edi. U o‘sha afsonaviy o‘yinga qanday ruhiy tayyorgarlik ko‘rganini yodga oldi.

«O‘yin oldidan klubdagi argentinalik futbolchilar bilan yig‘ilib, kechqurun Malvin orollari tarixi haqidagi filmni tomosha qildik. Bu biz uchun ertasi kuni maydonga tushish oldidan juda kuchli ruhiy quvvat bo‘ldi», — dedi Milito «derbyderbyderby.it» nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Malvin orollari ko‘proq Folklend orollari nomi bilan mashhur. Bu hududning inglizcha nomi bo‘lib, Argentina va Angliya o‘rtasida ushbu orollar ustida uzoq yillik nizo mavjud, hatto 1982 yilda bu holat urushgacha yetib borgan. Argentina uchun bu masala xuddi Moskva va Kiyev o‘rtasidagi murakkab munosabatlardagi «Qrim masalasi» kabi o‘ta nozik va muhim mavzu hisoblanadi.

Kiritildi: 08:11, 17.04.2026.
O'qildi: 608 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик