Kirish Ro'yxatdan o'tish

AQSH Eronni JCH-2026 da kutmoqda: Oq uy vakili jamoaning rejalarini ochiqladi

AQSH Eronni JCH-2026 da kutmoqda: Oq uy vakili jamoaning rejalarini ochiqladi

Baho:
+ | -

AQSH rasmiylari Eron terma jamoasi 2026 yilgi jahon chempionatida ishtirok etishiga umid qilmoqda.

Bu haqda Oq uyning JCH-2026 ga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha ishchi guruhi rahbari Endryu Juliani ma’lum qildi. Uning ma’lumotlariga ko‘ra, eronliklar 10 iyun kuni AQSHga yetib kelishadi va hatto Puerto-Riko bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishadi.

Politico nashrining xabar berishicha, Eron terma jamoasi Tusondagi bazada mashg‘ulot o‘tkazadi, Yangi Zelandiya va Belgiyaga qarshi o‘yinlarni Los-Anjelesda o‘tkazadi, shundan so‘ng Misr bilan uchrashish uchun Sietlga yo‘l oladi.

Avvalroq Oq uy rahbari Donald Tramp Eron terma jamoasi o‘rnida bo‘lganida, jahon chempionatida ishtirok etishdan ehtiyot bo‘lishini ta’kidlagan edi. Eronning o‘zida esa fikrlar ikkiga bo‘lingan: ayrim mulozimlar milliy jamoa turnirni boykot qilishi kerakligini da’vo qilsa, boshqalari ishtirok etish tarafdori.

Kiritildi: 13:19, 17.04.2026.
O'qildi: 1343 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик