Kirish Ro'yxatdan o'tish

Farioli: «Shunchaki g‘alabaga loyiq bo‘lishning o‘zi kifoya qilmaydi»

Farioli: «Shunchaki g‘alabaga loyiq bo‘lishning o‘zi kifoya qilmaydi»

Baho:
+ | -

«Portu» bosh murabbiyi Franchesko Farioli Yevropa Ligasi chorak finalida «Nottingem Forest»dan uchralgan mag‘lubiyat va jamoasining turnirni tark etgani haqida fikr bildirdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Portugaliya klubi g‘alabaga ko‘proq loyiq edi, biroq yuzaga kelgan vaziyatlardan foydalana olmadi.

«Har ikki o‘yin davomida kim g‘alabaga haqiqatdan ham loyiq bo‘lganini hisoblab chiqish mumkin edi, ammo ba’zida shunchaki «loyiq bo‘lish»ning o‘zi kifoya qilmaydi. Gol urish kerak edi, biz esa buni uddalay olmadik, ayniqsa «Dragau»dagi bahsda», — deya afsus bilan ta’kidladi murabbiy. Uning so‘zlarini UYEFA matbuot xizmati keltirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Portugaliyada kechgan ilk uchrashuv 1:1 hisobida yakunlangan edi. Javob bahsida esa «Portu» o‘yinning katta qismini bir kishi kam bo‘lib o‘tkazdi va 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Kiritildi: 13:21, 17.04.2026.
O'qildi: 708 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик