Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis

Xavi Messi o‘ynaydigan jamoa bosh murabbiyiga aylanishi mumkin

Xavi Messi o‘ynaydigan jamoa bosh murabbiyiga aylanishi mumkin

Baho:
+ | -

Xavyer Maskeranoning kutilmagan ketishi Lionel Messi to‘p surayotgan “Inter Mayami” jamoasini bosh murabbiysiz qoldirdi. Hozircha jamoa boshqaruvini vaqtinchalik Gilermo Oyos o‘z qo‘liga oldi, biroq klub rahbariyati yozgi transferlar oynasi oldidan katta rejalar tuzmoqda.

Xabarlarga ko‘ra, “Barselona”ning sobiq ustozi Xavi Ernandes faoliyatini AQSHda davom ettirishi mumkin. Argentinalik mutaxassis Xavyer Maskerano jamoani tark etgach, “Inter Mayami” rahbariyati bo‘sh qolgan o‘rin uchun aynan Xavi nomzodini ko‘rib chiqmoqda. Agar ushbu tayinlov amalga oshsa, Xavi o‘zining sobiq jamoadoshlari — Lionel Messi, Luis Suares, Serxio Buskets va Xordi Alba bilan yana bir jamoada ishlashi mumkin mumkin.

Manbaga ko‘ra, nomzodlar orasida argentinalik Marselyo Galyardo ham bor, biroq aynan ispaniyalik mutaxassis klub rahbariyati uchun asosiy favorit bo‘lib turibdi. Shuningdek, Ernan Krespo va Martin Palermo ham ro‘yxatda bor, biroq ular hozircha poygada bir oz ortda qolishmoqda.

Ma’lumot uchun, 46 yoshli Xavi 2024-yilning bahorida “Barselona”dan iste’foga chiqarilganidan buyon ishsiz yuribdi. Uning tajribasi va Messi bilan yaqin munosabatlari Mayami klubi loyihasini yangi bosqichga olib chiqishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda “Inter Mayami” o‘z tarixida ilk bor MLS pley-off g‘olibiga aylangan edi. Endilikda jamoa oldiga xalqaro maydonlarda ham yetakchilik qilish vazifasi qo‘yilgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 14:49, 17.04.2026.
O'qildi: 1191 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик