Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv 0-2 Navbahor
17/04 19:00 OKMK 3-2 Buxoro
17/04 20:15 Surxon 0-1 Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona - Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 - Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya

Javohir Sindarov: “Jahon chempioni bo‘laman va keyingi safar Abdusattorov bilan o‘ynayman”

Javohir Sindarov: “Jahon chempioni bo‘laman va keyingi safar Abdusattorov bilan o‘ynayman”

Baho:
+ | -

Kiprning Pafos shahrida o‘tgan shaxmat bo‘yicha Nomzodlar turnirida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan Javohir Sindarov O‘zbekistonga qaytib keldi.

“Barchaga o‘z minnatdorligimni bildiraman. Bu o‘zbekistonlik shaxmatchilar tarix yozishining boshlanishi. Biz hali nimalarga qodir ekanimizni butun dunyoga ko‘rsatamiz. Men bu yo‘lni bosib o‘tishimda oila a’zolarimning o‘rni beqiyos”, deydi Sindarov.

U yil oxirida jahon shaxmat tojini qo‘lga kiritish uchun bor imkoniyatini ishga solishini ma’lum qildi va kelgusi chempionlik o‘yinini Nodirbek Abdusattorovga qarshi o‘tkazishga umid bildirdi:

“Yil oxirida jahon shaxmat toji uchun Gukesh Dommarajuga qarshi bahs olib boraman. Bu ikkita yosh va iqtidorli shaxmatchi o‘rtasidagi bahs bo‘ladi. Umid qilamanki, Gukeshni mag‘lub etib, Jahon chempioni bo‘laman va navbatdagi chempionlik o‘yinini Nodirbek Abdusattorovga qarshi o‘tkazaman”.

Javohir Sindarov Nomzodlar turniri tarixida eng ko‘p g‘alaba (6 ta) va eng yuqori ochkoni (10 ochko) qo‘lga kiritgan holda musobaqa yakunlanishiga bir tur qolganda chempionlikni qo‘lga kiritdi. Buning evaziga o‘zbekistonlik shaxmatchi prezident farmoniga muvofiq “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlandi.

15 aprel kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev shaxmat bo‘yicha FIDE Nomzodlar turniri g‘olibi Javohir Sindarov bilan telefon orqali suhbatlashdi. Davlat rahbari yosh grossmeysterni O‘zbekiston shaxmat tarixida birinchi marta mazkur nufuzli musobaqada zafar qozonib, tom ma’nodagi tarixiy g‘alabaga erishgani bilan samimiy tabrikladi.

Shavkat Mirziyoyev yosh grossmeyster dunyoning eng nomdor shaxmatchilariga qarshi har bir bahsda katta jasorat va mahorat bilan dona surib, kuchli iroda, yuksak intellektual salohiyat va qat’iyat fazilatlarini namoyon etganini bildirdi.

Ma’lumot uchun, o‘zbekistonlik shaxmatchilar orasida ilk bor Nomzodlar turnirida qatnashgan Sindarov musobaqani mag‘lubiyatsiz yakunladi. U ortda qolgan turlarda Andrey Yesipenko, Rameshbabu Pragnanandha (ikki marta), Fabiano Karuana, Hikaru Nakamura va Vey I kabi kuchli grossmeysterlar ustidan g‘alaba qozondi.

Javohir Sindorov 15 aprelga qadar davom etadigan mazkur turnir g‘olibi sifatida amaldagi Jahon chempioni Gukesh Dommarajuga qarshi shaxmat toji uchun kechadigan bahsda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi. Turnir sanasi va manzili FIDE tomonidan e’lon qilinadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 20:23, 17.04.2026.
O'qildi: 990 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик