Kirish Ro'yxatdan o'tish

Saudiya Arabistoni terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlanadi

Saudiya Arabistoni terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlanadi

Baho:
+ | -
Bo'lim: OSIYO
Rukn: Yangiliklar

Gresiyalik mutaxassis Yorgos Donis 17 aprel kuni iste’foga chiqarilgan Erve Renarning o‘rnini egallab, Saudiya Arabistoni terma jamoasining yangi bosh murabbiyiga aylanadi. Bu haqda Documento portali xabar bermoqda.

Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 56 yoshli mutaxassis Saudiya Arabistoni futbol federasiyasining taklifiga allaqachon «ha» deb javob bergan. Endilikda faqat hujjatlarni imzolash va 2026 yilgi jahon chempionatidagi ishtirokni ham o‘z ichiga oluvchi hamkorlikni rasman e’lon qilish qoldi.

Bundan avval Donis Saudiyaning «Al-Hilol» klubida ishlab, 3 ta sovrinni qo‘lga kiritgan, Kiprning APOEL jamoasini mamlakat chempioni va Kubok sohibiga aylantirgan, shuningdek, qator boshqa klublarda faoliyat yuritgan edi. Oxirgi ikki yil davomida Donis Saudiyaning «Al-Xalij» klubini boshqarib kelmoqda. Jahon chempionatida arablar Ispaniya, Urugvay va Kabo-Verde terma jamoalari bilan bir guruhdan joy olgan.

Kiritildi: 22:53, 17.04.2026.
O'qildi: 2286 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик