Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Manchester Yunayted"ning "Chelsi" bilan o‘yin oldidan faqat bitta markaziy himoyachisi qoldi

"Manchester Yunayted"ning "Chelsi" bilan o‘yin oldidan faqat bitta markaziy himoyachisi qoldi

Baho:
+ | -

Shanba oqshomida Angliya chempionati doirasida «Chelsi» va «Manchester Yunayted» o‘rtasidagi bahs bo‘lib o‘tadi. «Qizil iblislar» himoya chizig‘ida jiddiy kadrlar muammosiga duch kelishgan. Avvalroq Leni Yoro jarohat olgani haqida ma’lumot paydo bo‘lgan edi. Futbolchi Londonga yo‘l olganlar orasida ko‘rinmadi.

Shunday qilib, «Manchester Yunayted»ning to‘rt nafar markaziy himoyachisi o‘yinga tayyor emas: Lisandro Martines (diskvalifikasiya), Garri Maguayr (diskvalifikasiya), Matteys de Ligt (jarohat) va Leni Yoro (jarohat).

Agar yoshlar jamoasi futbolchilari hisobga olinmasa, «Manchester Yunayted» ixtiyorida faqat bitta sog‘lom markaziy himoyachi qoldi. Bu — Eyden Xeven. Himoya markazida unga Lyuk Shou sheriklik qilishi mumkin — u avval ham kadrlar muammosi yuzaga kelganda ushbu pozisiyada to‘p surgan.

«Chelsi» va «Manchester Yunayted» o‘rtasidagi o‘yin 18 aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.

Kiritildi: 23:21, 17.04.2026.
O'qildi: 1768 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик