Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

Kivu: «Og‘ir mehnat evaziga Chempionlar ligasiga qaytdik»

Kivu: «Og‘ir mehnat evaziga Chempionlar ligasiga qaytdik»

Baho:
+ | -

Milanning «Inter» klubi bosh murabbiyi Kristian Kivu A Seriyaning 33-turi doirasida «Kalyari» ustidan qozonilgan g‘alabadan (3:0) so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.

«Neradzurri» ushbu g‘alabadan so‘ng muddatidan oldin Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Juma kungi bahsda gollarni Markus Tyuram, Nikolo Barella va Pyotr Zelinski kiritishdi.

«Biz ushbu uchrashuv qanchalik muhim ekanini tushunib turgandik. Birinchi bo‘limda muammolarga duch keldik — to‘pni juda sekin harakatlantirdik. Tanaffusdan so‘ng esa shiddatni oshirishga va «Kalyari» mudofaasini yorib o‘tishga muvaffaq bo‘ldik.

Og‘ir mehnat amalga oshirildi va mana endi maqsadimizga erishdik — chempionat tugashiga besh tur qolganda Chempionlar ligasiga yo‘llanma oldik. Endi oldinga qarash va mavsum yakunigacha raqobatbardosh bo‘lib qolish lozim», — dedi Kivu Sky Sport nashriga bergan intervyusida.

Kiritildi: 09:05, 18.04.2026.
O'qildi: 438 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик