Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Ikkita sovrin yutish imkoniyatimiz bor»: De Vrey «Inter»ning bu mavsumdagi asosiy maqsadini aytdi

«Ikkita sovrin yutish imkoniyatimiz bor»: De Vrey «Inter»ning bu mavsumdagi asosiy maqsadini aytdi

Baho:
+ | -

«Inter» himoyachisi Stefan de Vrey Italiya chempionatining 33-turidan o‘rin olgan «Kalyari» ustidan qozonilgan g‘alabadan (3:0) so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.

«O‘yin juda muhim edi va biz vazifani uddaladik, biroq mavsum hali tugagani yo‘q. So‘nggi vaqtlarda «Inter» ikkinchi bo‘limda yuqoriroq tezlikka o‘tmoqda: Kivu nimani yaxshilash kerakligini juda yaxshi tushunadi. O‘tgan yili biz ajoyib mavsumni o‘tkazgandik, lekin hech narsa yuta olmadik. Biz ko‘proq harakat qilish kerakligini tushunib yetdik va endi ikkita sovrinni qo‘lga kiritish imkoniyatimiz bor, shuning uchun bor kuchimizni ishga solamiz.

O‘ylaymanki, har bir futbolchi «Inter»da o‘ynash nimani anglatishini biladi, hammada g‘alaba mentaliteti bor. Shuningdek, biz mag‘lubiyatlardan so‘ng qayta qaddimizni rostlay olamiz, bu mentalitet va xarakter masalasidir», — deya klub matbuot xizmati de Vreyning so‘zlarini keltirmoqda.

«Inter» 78 ochko bilan A Seriya turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. «Kalyari» esa 33 ochko bilan 16-pog‘onada bormoqda.

Kiritildi: 09:14, 18.04.2026.
O'qildi: 713 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик