Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/09 19:00 Dinamo 1-0 Qizilqum
10/09 19:00 Andijon 2-1 Qo‘qon-1912
10/09 20:00 Xorazm 0-0 So‘g‘diyona
10/09 21:45 Fenerbaxche 1-1 Roma
10/09 21:45 PSV 1-1 Shaxtyor
10/09 23:59 Man. Yunayted 4-0 Sabah
10/09 23:59 Bavariya 5-0 Bude-Glimt
10/09 23:59 Komo 4-1 RB Leypsig
10/09 23:59 Slaviya 2-3 Lans
11/09 19:00 Lokomotiv - Mash’al
11/09 19:00 Buxoro - Navbahor

«O‘yindan zavq ola boshladik»: Kivu «Inter»ning «Kalyari» ustidan qozonilgan ishonchli g‘alabasini sharhladi

«O‘yindan zavq ola boshladik»: Kivu «Inter»ning «Kalyari» ustidan qozonilgan ishonchli g‘alabasini sharhladi

Baho:
+ | -

«Inter» bosh murabbiyi Kristian Kivu Italiya chempionatining 33-turidan o‘rin olgan «Kalyari» ustidan qozonilgan g‘alabadan (3:0) so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.

«Bu o‘yin qanchalik muhim ekanini bilardik. Birinchi bo‘limda ayrim qiyinchiliklarga duch keldik, ammo ikkinchi bo‘limda to‘p uzatish va harakatlanish borasida yaxshiroq o‘yin ko‘rsatdik. Bosim yo‘qolgach esa, o‘yindan zavq ola boshladik. Tarkibimizda birga o‘ynashni yoqtiradigan sifatli futbolchilar bor. Qilinishi kerak bo‘lgan barcha ishlarni to‘liq anglab turibmiz. Maqsadimizga erishdik va endi oxirigacha raqobatbardosh bo‘lib qolishga umid qilamiz.

Shuningdek, yevrokuboklarda ham raqobatbardosh bo‘lishni istaymiz. Bu eng kuchli klublarning asosiy maqsadlaridan biridir. Chempionlar ligasiga yo‘llanma olish — kichik yutuq emas, chunki hamma mana shu darajada to‘p surishni xohlaydi», — deya klub matbuot xizmati Kivuning so‘zlarini keltirmoqda.

«Inter» 78 ochko bilan A Seriya turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. «Kalyari» esa 33 ochko bilan 16-pog‘onada bormoqda.

Kiritildi: 09:21, 18.04.2026.
O'qildi: 434 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик