Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Barselona» La Liga to‘purarlaridan birini sotib olmoqchi

«Barselona» La Liga to‘purarlaridan birini sotib olmoqchi

Baho:
+ | -

«Malyorka» hujumchisi Vedat Muriki «Barselona»ning qiziqishlar doirasiga tushib qoldi. 31 yoshli futbolchi hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun «arzon» variant sifatida ko‘rilmoqda. Jurnalist Tom Andryoning ma’lumotlariga ko‘ra, «ko‘k-anorranglilar» Murikini «ishonchli zaxira o‘yinchisi» sifatida ko‘rishmoqda.

Bo‘yi baland forvard Xans-Diter Flik jamoasiga o‘yin uslubi jihatidan rang-baranglik qo‘shishi mumkin – hozirda Kataloniya grandida bunday tipdagi futbolchi mavjud emas. Transfermarkt portali Vedat Murikining qiymatini 4,5 million yevroga baholamoqda. «Malyorka» yetakchisi La Liganing joriy mavsumidagi to‘purarlar poygasida 21 ta gol bilan ikkinchi o‘rinni egallab turibdi va faqat Madridning «Real» klubi hujumchisi Kilian Mbappedan (23 ta gol) ortda qolmoqda.

Kiritildi: 11:01, 18.04.2026.
O'qildi: 1321 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик