Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Chelsi» Enso Fernandesni sotishga tayyor, faqat...

«Chelsi» Enso Fernandesni sotishga tayyor, faqat...

Baho:
+1 | -

Argentinalik yarim himoyachi Enso Fernandes joriy mavsum yakunlanganidan so‘ng Londonning «Chelsi» klubini tark etishi mumkin. Bu haqda Guardian jurnalistlari xabar bermoqda.

Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, «aristokratlar» rahbariyati yulduzli yarim himoyachining sotuvi bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor. Ingliz klubi Fernandesning transferidan taxminan 150 million yevro ishlab olishni rejalashtirmoqda. Avvalroq matbuotda Ensoning Madridning «Real» klubiga o‘tishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqalgan edi.

Angliya chempionatining joriy mavsumida 25 yoshli yarim himoyachi 30 ta uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning «Chelsi» bilan amaldagi shartnomasi 2032 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.

Kiritildi: 11:31, 18.04.2026.
O'qildi: 854 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик