Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ - Arsenal

Vinisius Junior kutilmaganda Yevropa grandlariga kerak bo‘lmay qoldi

Vinisius Junior kutilmaganda Yevropa grandlariga kerak bo‘lmay qoldi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi hujumchisi Vinisius Junior yaqin kelajakda Yevropada o‘zi uchun yangi klub topishi amrimahol bo‘lib turibdi. Braziliyalik futbolchining agentlari Yevropa grandlarida qiziqish uyg‘otish uchun «hamma narsani sinab ko‘rishdi», biroq hech qanday talab paydo bo‘lmadi, deb xabar bermoqda Transfer News Live jurnalist Romen Molinaga tayanib.

Hatto 25 yoshli forvardga da’vogar sifatida ko‘rilayotgan «Chelsi» ham unga qiziqish bildirmadi. Avvalroq joriy mavsum davomida «Real» va Vinisius o‘rtasidagi muzokaralarda futbolchining maosh bo‘yicha talablari tufayli muammolar yuzaga kelgani haqida xabar berilgan edi. Shu bilan birga, matbuotda Florentino Peresning yulduz bilan yangi shartnoma imzolash niyatida ekanligi haqida ham ma’lumotlar tez-tez paydo bo‘lib turibdi.

Transfermarkt portali futbolchining qiymatini 150 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 11:33, 18.04.2026.
O'qildi: 1598 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик