Kirish Ro'yxatdan o'tish

Neymar o‘zi istamagan o‘yin uslubi haqida keskin gapirdi

Neymar o‘zi istamagan o‘yin uslubi haqida keskin gapirdi

Baho:
+ | -

«Santos» hujumchisi Neymar qanday futbolchi bo‘lishni aslo istamasligi haqida gapirib berdi.

«Men to‘pni qabul qilib olib, shunchaki ko‘ndalang uzatma amalga oshiradigan vinger bo‘lishni xohlamayman. Agar qachondir shunday o‘ynashni boshlasam — shunchaki meni maydondan oling va boshqa birovni tushiring. Men bunday o‘yinchi bo‘lishni istamayman», — deya 34 yoshli braziliyalikning so‘zlarini keltiradi The Touchline.

Joriy mavsumda Neymar «Santos» safida barcha turnirlarda sakkizta o‘yinda maydonga tushib, to‘rtta gol va uchta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. «PSJ» va «Barselona»ning sobiq hujumchisi o‘tgan yilning boshida Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» klubini tark etib, o‘z qadrdon jamoasiga qaytgan edi.

Kiritildi: 12:36, 18.04.2026.
O'qildi: 843 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик