Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/08 19:30 Qo‘qon-1912 0-1 Surxon
03/08 20:00 OKMK 1-2 Nasaf
03/08 20:30 Dinamo 0-0 Neftchi

Superliga. «Mash’al»da ketma-ket sakkizinchi mag‘lubiyat

Superliga. «Mash’al»da ketma-ket sakkizinchi mag‘lubiyat

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasining 8-turidan o‘rin olgan yana bir uchrashuv yakuniga yetdi. Muborakning “Mash’al” jamoasi o‘z maydonida Urganchning “Xorazm” klubini qabul qildi. O‘yin mehmonlarning minimal hisobdagi g‘alabasi bilan tugadi.

Uchrashuv davomida har ikki jamoa ham ehtiyotkorlik bilan harakat qildi. O‘yin taqdirini esa 84-daqiqadagi vaziyat hal qildi. “Mash’al” himoyachisi Vlatko Stoyanovski o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi (avtogol). Mazkur xato muborakliklarga qimmatga tushdi va uchrashuv yakuniga qadar mezbonlar muvozanatni tiklay olishmadi.

Mazkur natijadan keyin “Mash’al” 0 ochko bilan oxirgi o‘rinni egallab turibdi. 12 ochkosi bor “Xorazm” esa 7-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

O‘zbekiston Superligasi, 8-tur
“Mash’al” — “Xorazm” 0:1
Gol: 0:1 — Stoyanovski (84, avtogol)

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 21:28, 18.04.2026.
O'qildi: 751 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик