«Chelsi» yarim himoyachisi Koul Palmer londonliklar himoyachisi Ris Jeymsning kelajagi borasidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Ris Jeyms agar klub egalari va direktorlari bilan gaplashmaganida, «Chelsi» bilan olti yillik shartnoma imzolamagan bo‘lardi. Biz Ris bilan ko‘p gaplashdik. Bizga kerak bo‘lgan narsalar, sotib olishimiz zarur bo‘lgan futbolchilar va jamoadagi holat qanday bo‘lishi kerakligi haqida suhbatlashdik», — deya Palmerning so‘zlarini The Guardian nashri keltiradi.
Ris Jeyms «Chelsi» tarbiyalanuvchisi va jamoa sardori hisoblanadi. Uning «ko‘klar» bilan amaldagi shartnomasi 2032 yilning 30 iyunigacha mo‘ljallangan. Joriy mavsumda himoyachi London klubi safida barcha turnirlarda 36 ta o‘yinda maydonga tushib, ikkita gol urdi va yettita golli uzatmani amalga oshirdi.













