Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

«Bornmut» APLda 13 o‘yindan beri mag‘lub bo‘lmayapti

«Bornmut» APLda 13 o‘yindan beri mag‘lub bo‘lmayapti

Baho:
+ | -

«Bornmut» jamoasi barchani hayratda qoldirishda davom etmoqda. Shanba kuni Andoni Iraola shogirdlari safarda «Nyukasl»ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi.

Buning natijasida «Bornmut»ning Premyer-ligadagi mag‘lubiyatsiz seriyasi 13 ta o‘yinga yetdi. Ushbu seriya davomida «olchalar» olti bor g‘alaba qozonishdi va yetti marta durang qayd etishdi. Qizig‘i shundaki, ayni damda aynan «Bornmut» Yevropaning top-5 ligalari ichida eng uzoq davom etayotgan mag‘lubiyatsiz seriyaga ega bo‘lib turibdi.

Shuningdek, ta’kidlash joizki, «Bornmut»ning bu muvaffaqiyatli seriyasidan «Liverpul» (3:2 g‘alaba), «Manchester Yunayted» (2:2 durang) va «Arsenal» (2:1 g‘alaba) kabi jamoalarga qarshi o‘yinlar ham o‘rin olgan. Bir necha kun oldin «Bornmut» mavsum yakunlanganidan keyin Andoni Iraola murabbiylik lavozimini tark etishini e’lon qilgan edi.

Kiritildi: 22:19, 18.04.2026.
O'qildi: 431 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик