Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

«PSJ»ning muhim futbolchisi safga qaytdi

«PSJ»ning muhim futbolchisi safga qaytdi

Baho:
+ | -

«PSJ» yarim himoyachisi Fabian Ruis jarohatidan so‘ng maydonga qaytishga tayyor. Ispaniyalik futbolchi tizzasidagi jarohat sababli 20 yanvardan beri o‘yinlarda ishtirok etmayotgan edi.

Parijliklar bosh murabbiyi Luis Enrikening so‘zlariga ko‘ra, xavbek jarohatidan to‘liq forig‘ bo‘lgan va tez orada maydonga tushishi mumkin.

«Fabian Ruis yaxshi sport formasiga kirib oldi, u ushbu haftada jamoa bilan birga mashg‘ulot o‘tkazdi. Ertaga u qaydnomada bo‘ladi. Agar hammasi yaxshi kechsa, u safga qaytganidan keyingi ilk daqiqalarini oladi», — dedi Enrike yakshanba kuni «Lion»ga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘yin oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida.

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 23:45 da start oladi. Ayni damda «PSJ» turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda va «Lans»ni bir ochkoga ortda qoldirmoqda.

Kiritildi: 23:24, 18.04.2026.
O'qildi: 1049 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик