Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

«Tottenxem» APLda 4 oydan beri g‘alaba nimaligini bilmayapti

«Tottenxem» APLda 4 oydan beri g‘alaba nimaligini bilmayapti

Baho:
+ | -

«Tottenxem» xavfli hududni tark eta olmadi.

Bugun APLning 33-turi doirasida «shporlar» «Brayton» bilan 2:2 hisobida durang o‘ynashdi. Londonliklar ushbu turnirda 28 dekabrdan beri g‘alaba qozona olishmayapti — o‘shanda ular «Kristal Pelas»ni (1:0) mag‘lub etishgan edi. O‘shandan beri «Tottenxem» milliy chempionatda 15 ta o‘yin o‘tkazib, 9 bor mag‘lubiyatga uchradi va 6 marta durang qayd etdi.

Bugungi bahs Roberto De Dzerbi uchun jamoa bosh murabbiyi sifatidagi ikkinchi o‘yin bo‘ldi.

Ayni damda «Tottenxem» 33 o‘yindan so‘ng 31 ochko jamg‘argan holda APL turnir jadvalida 18-o‘rinni egallab turibdi. Jamoa «Vest Xem»dan 1 ochko, «Nottingem Forest»dan esa 2 ochko ortda qolmoqda. Shu bilan birga, «o‘rmonchilar» va «bolg‘achilar» hisobida bittadan zaxira o‘yini mavjud.

Kiritildi: 23:40, 18.04.2026.
O'qildi: 921 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик