Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

«Manchester Yunayted» sardori APL tarixidagi eng yaxshi assistentlar ro‘yxatida yuqoriga ko‘tarilmoqda

«Manchester Yunayted» sardori APL tarixidagi eng yaxshi assistentlar ro‘yxatida yuqoriga ko‘tarilmoqda

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Brunu Fernandesh APLning joriy mavsumidagi 18-golli uzatmasini amalga oshirdi.

Portugaliyalik futbolchi 33-tur doirasidagi «Chelsi»ga qarshi bahsda (1:0) Mateus Kunyaga golli pas yetkazib berdi.

Shu tariqa, Brunu Sesk Fabregas (2014/15 yilgi mavsumda 18 ta assist), Frenk Lempard (2004/05), Kevin de Bryuyne (2016/17) va Muhammad Saloh (2024/25) qayd etgan natijalarni takrorladi.

APL tarixida bir mavsumda bundan ko‘proq golli uzatmani faqat Tyerri Anri (2002/03 yilgi mavsumda 20 ta), Kevin de Bryuyne (2019/20 yilgi mavsumda 20 ta) va Mesut O‘zil (2015/16 yilgi mavsumda 19 ta) amalga oshirishgan, xolos.

Futbolchi Klub Mavsum Assistlar soni
Tyerri Anri Arsenal 2002/03 20
Kevin de Bryuyne Manchester Siti 2019/20 20
Mesut O‘zil Arsenal 2015/16 19
Brunu Fernandesh Manchester Yunayted 2025/26 18
Sesk Fabregas Chelsi 2014/15 18
Kiritildi: 08:09, 19.04.2026.
O'qildi: 840 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик