Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

O‘zFHM “Lokomotiv” — “Navbahor” o‘yinidagi bahsli penalti bo‘yicha xulosa berdi

O‘zFHM “Lokomotiv” — “Navbahor” o‘yinidagi bahsli penalti bo‘yicha xulosa berdi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasining 8-turi “Lokomotiv” — “Navbahor” uchrashuvida yuzaga kelgan bahsli vaziyat bo‘yicha O‘zbekiston futbol hakamlari markazining ekspert hakamlar guruhi xulosasi e’lon qilindi.

Uchrashuvning 16-daqiqasida “Navbahor” futbolchisi Ruslanbek Jiyanov raqib jamoaning jarima maydonchasi ichida yiqildi. Mazkur vaziyatda bosh hakam tomonidan penalti belgilandi. VAR tomonidan vaziyat ko‘rib chiqilib, qaror tasdiqlandi.

Tahlilga ko‘ra, “Lokomotiv” futbolchisi Nikolay Ivanov hujumchining erkin harakatlanishiga to‘sqinlik qilgan. Jiyanov to‘pga faol harakat qilayotgan paytda ushbu kontakt yuzaga kelgan va bu qoidabuzarlik sifatida baholanadi.

Ekspert hakamlar guruhi bosh hakam tomonidan penalti belgilanishi to‘g‘ri qaror bo‘lganini qayd etdi.

Ma’lumot uchun, uchrashuvda “Navbahor” 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Aynan jamoaning ikkinchi goli Ruslanbek Jiyanov tomonidan penaltidan kiritildi.

Ushbu natijadan so‘ng “Navbahor” 18 ochko bilan turnir jadvalining 3-pog‘onasida bormoqda. “Lokomotiv” esa 11 ochko bilan 8-o‘rinni egallab turibdi.

Temur Kapadze boshqaruvidagi “Navbahor” 23 aprel kuni 9-tur doirasida “So‘g‘diyona”ga qarshi bahs olib boradi, Mirko Yelichich boshqaruvidagi “Lokomotiv” esa 23 aprel kuni “Nasaf” bilan o‘yin o‘tkazadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 09:43, 19.04.2026.
O'qildi: 1273 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик