Kirish Ro'yxatdan o'tish

3 grand klub Xavini qo‘lga kiritish uchun kurash olib boradi

3 grand klub Xavini qo‘lga kiritish uchun kurash olib boradi

Baho:
+ | -

«Tottenxem»ning hujumkor yarim himoyachisi Xavi Simons jamoaga kelganidan bor-yo‘g‘i bir yil o‘tib, klubni tark etishi mumkin. «Shporlar» Premyer-liga yakuniga besh tur qolganda xavfli hududda (tushib ketish zonasida) bormoqda va jamoa yetakchilarining kelajagi so‘roq ostida qolgan. Ular orasida Simons ham bor, chunki uni Chempionshipda tasavvur qilish qiyin.

Jurnalist Ekrem Konurning ma’lumotiga ko‘ra, niderlandiyalik futbolchiga «Arsenal» va «Bavariya» qiziqish bildirmoqda. Shuningdek, uning sobiq klubi «PSJ» ham da’vogarlar qatorida tilga olinyapti. Transfer qiymati 50 million yevrodan oshishi mumkin. Xavi Simons o‘tgan yilning avgust oyida «RB Leypsig»dan «Tottenxem»ga 65 million yevro evaziga o‘tgan edi. 21 aprel kuni futbolchi 23 yoshini qarshi oladi.

Kiritildi: 10:22, 19.04.2026.
O'qildi: 1002 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик