Kirish Ro'yxatdan o'tish

Koke Ispaniya Kubogi boy berilganidan so‘ng muxlislarga yuzlandi

Koke Ispaniya Kubogi boy berilganidan so‘ng muxlislarga yuzlandi

Baho:
+ | -

Madridning «Atletiko» klubi yarim himoyachisi Koke Ispaniya Kubogi finalidagi mag‘lubiyatdan so‘ng o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi. «Matraschilar» o‘yin vaqtidagi 1:1 hisobidan so‘ng penaltilar seriyasida «Real Sosyedad»ga imkoniyatni boy berishdi.

«Biz ikki bor hisobni tenglashtirdik, biroq yakunda mag‘lub bo‘ldik. Bu — futbol, bu — hayot. «Real Sosyedad»ni tabriklayman. Oldinga intilishda davom etishimiz kerak. Muxlislarimizdan uzr so‘rayman (ular uchun afsusdaman). Bu barchamiz uchun mahzun kun, lekin oldinda bizni bo‘lishi mumkin bo‘lgan eng zo‘r turnir — Chempionlar ligasi yarim finali kutmoqda», — deya sardor Kokening so‘zlarini Atletico Universe nashri keltirmoqda.

Kiritildi: 12:11, 19.04.2026.
O'qildi: 359 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик