Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

Messi to‘purarlar poygasida peshqadamlarga yetib oldi

Messi to‘purarlar poygasida peshqadamlarga yetib oldi

Baho:
+ | -

Lionel Messi «Inter Mayami»ning «Kolorado Repids» ustidan qozongan g‘alabasiga (3:2) katta hissa qo‘shdi. Argentinalik yulduz uchrashuvning 18-daqiqasida penaltini aniq amalga oshirdi, 79-daqiqada esa chap oyoqda o‘zining an’anaviy aylanma zarbasi bilan jamoasining g‘alaba to‘pini kiritdi.

38 yoshli futbolchining MLS joriy mavsumidagi gollari soni yettitaga yetdi — u to‘purarlar ro‘yxatida «Neshvill» vakili Sem Sarridj va «Dallas» hujumchisi Petar Musa bilan peshqadamlikni bo‘lishib turibdi. Aynan Messi o‘tgan yilgi muntazam chempionatda 29 ta gol bilan to‘purarlik poygasida g‘olib chiqqan edi.

Sakkiz turdan so‘ng 15 ochko jamg‘argan «chiyraklar» MLS-2026 Sharqiy konferensiyasi turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turishibdi.

Kiritildi: 12:25, 19.04.2026.
O'qildi: 591 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик