Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/08 19:00 So‘g‘diyona 1-0 Andijon
06/08 20:00 Paxtakor 2-2 Buxoro
07/08 19:00 Surxon - Navbahor
07/08 19:30 Lokomotiv - Dinamo
07/08 20:00 Xorazm - Mash’al
08/08 19:00 Neftchi - Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor - OKMK
08/08 20:00 Nasaf - Qo‘qon-1912

Rosenyor: «Estevao tanaffusda yig‘lab o‘tirgandi»

Rosenyor: «Estevao tanaffusda yig‘lab o‘tirgandi»

Baho:
+ | -

«Chelsi» bosh murabbiyi Liam Rosenyor «Manchester Yunayted»ga qarshi bahsda Estevao Villian olgan jarohat haqida ma’lumot berdi. 18 yoshli vinger uchrashuvning 16-daqiqasidayoq maydonni majburiy tarzda tark etdi — uning o‘rniga Alexandro Garnacho o‘yinga qo‘shildi.

«Estevao tanaffus paytida yig‘layotgan edi. U yana tizza osti payini jarohatlab oldi», — dedi Rosenyor o‘yindan keyingi matbuot anjumanida.

«Ko‘klar» o‘z uylarida «qizil iblislar»ga minimal hisobda imkoniyatni boy berishdi. Uchrashuvdagi yagona gol 43-daqiqada Mateus Kunya tomonidan kiritildi.

Eslatib o‘tamiz, Estevao avvalroq xuddi shunday jarohat tufayli bir oyni o‘tkazib yuborgan va fevral oxiridan mart oxirigacha maydonga tushmagan edi. Joriy mavsum braziliyalik futbolchi uchun Yevropa futbolidagi debyut mavsum hisoblanadi.

Kiritildi: 12:26, 19.04.2026.
O'qildi: 505 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик