Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

«Chelsi» 1912 yilgi antirekordni takrorlashi mumkin

«Chelsi» 1912 yilgi antirekordni takrorlashi mumkin

Baho:
+ | -2

«Chelsi» jamoasi juda yomon sport formasida bo‘lib turibdi. Angliya chempionatining oxirgi to‘rtta uchrashuvida Liam Rosenyor shogirdlari ketma-ket mag‘lubiyatga uchrashdi va birorta ham gol ura olishmadi.

Premyer-liganing ushbu pallasida «aristokratlar» «Nyukasl» (0:1), «Everton» (0:3), «Manchester Siti» (0:3) va «Manchester Yunayted» (0:1) jamoalariga imkoniyatni boy berishdi.

BBC nashrining xabar berishicha, «Chelsi» tarixida faqat bir marta — 1912 yilda bundan ham uzoqroq davom etgan golsiz mag‘lubiyatlar seriyasi qayd etilgan. O‘shanda seriya beshta o‘yindan iborat bo‘lgan. Ushbu antirekordni takrorlash uchun «Chelsi» seshanba kuni, 21 aprel kuni safarda «Brayton»ga gol ura olmasdan mag‘lub bo‘lishi kerak.

Eslatib o‘tamiz, hozirda «Chelsi» APL turnir jadvalida oltinchi pog‘onani egallab turibdi.

Kiritildi: 12:51, 19.04.2026.
O'qildi: 423 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик