Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

De Dzerbi: «Men mahzun va tushkun insonlar bilan ishlashni istamayman»

De Dzerbi: «Men mahzun va tushkun insonlar bilan ishlashni istamayman»

Baho:
+ | -

«Tottenxem» bosh murabbiyi Roberto de Dzerbi «Brayton»ga qarshi uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida jamoaning Premyer-ligada jon saqlab qolish uchun olib borayotgan kurashiga to‘xtaldi. Angliya chempionatining navbatdagi turidan o‘rin olgan va 2:2 hisobida yakunlangan bahsdan so‘ng jamoa turnir jadvalida 18-o‘rinni egallab turibdi.

«Juda og‘ir payt. Biroq mana shunday muxlislari bor klubda ishlayotganimizdan baxtiyormiz, chunki bugun maydonda aql bovar qilmas muhit hukm surdi. Tashqaridan qaraganda, biz jon saqlab qolish uchun emas, balki Chempionlar ligasi yo‘llanmasi uchun kurashayotgandek taassurot uyg‘onishi mumkin edi», — deya murabbiyning so‘zlarini Sky Sports keltirmoqda.

«Biz ko‘p narsani yaxshilashimiz kerak. Men mahzun insonlar bilan ishlashni istamayman. Ular menga ishonishlari kerak. Agar men shu yerda ekanman, demak, faqat ijobiy kayfiyatdaman va keyingi mavsumda ham APLda qolishga qat’iy qaror qilganman», — deya qo‘shimcha qildi mutaxassis.

Kiritildi: 13:04, 19.04.2026.
O'qildi: 587 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик