Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

Yevropa va Amerikaning 7 klubi Levandovskiga da’vogarlik qilmoqda

Yevropa va Amerikaning 7 klubi Levandovskiga da’vogarlik qilmoqda

Baho:
+ | -

Hujumchi Robert Levandovski joriy mavsum yakunida «Barselona»ni tark etishi mumkin. Mundo Deportivo nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, polshalik forvardni o‘z safiga qo‘shib olishga kamida yettita jamoa qiziqish bildirmoqda.

Gap «Yuventus», «Milan», «Liverpul», «Chelsi», «Chikago Fayr», Madridning «Atletiko» va «Fenerbaxche» klublari haqida bormoqda. Shu bilan birga, futbolchining «Barselona» bilan yangi shartnoma imzolashi ham istisno etilmaydi.

Robert Levandovski 2022 yilda «Bavariya»dan «Barselona»ga 45 million yevro evaziga o‘tgan edi. Uning kataloniyaliklar bilan shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. Joriy mavsumda polshalik yulduz «ko‘k-anorranglilar» libosida barcha turnirlarda 40 ta o‘yinda maydonga tushib, 17 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 13:16, 19.04.2026.
O'qildi: 777 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик