Kirish Ro'yxatdan o'tish

Robertson «Tottenxem» bilan shartnoma shartlarini kelishib oldi

Robertson «Tottenxem» bilan shartnoma shartlarini kelishib oldi

Baho:
+ | -

Himoyachi Endryu Robertson shu yozda «Liverpul»ni erkin agent sifatida tark etadi. Insayder Nikolo Skiraning ma’lumotlariga ko‘ra, shotlandiyalik futbolchi «Tottenxem» bilan 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzolash bo‘yicha prinsipial kelishuvga erishgan.

Agar «shporlar» Angliya Premyer-ligasidagi o‘rnini saqlab qolsalar, futbolchi shu yozda London klubiga o‘tishga tayyor.

Endryu Robertson 2017 yilda «Xall Siti»dan 9 million funt sterling evaziga «Liverpul»ga o‘tgan edi. Uning amaldagi shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. Joriy mavsumda himoyachi «qizillar» safida barcha turnirlarda 32 ta o‘yinda maydonga tushib, ikkita gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 13:32, 19.04.2026.
O'qildi: 870 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик