Kirish Ro'yxatdan o'tish

Ranyeri «Lester»dagi faoliyati haqida: «Bir vaqtning o‘zida ham chempionatda, ham Chempionlar ligasida o‘ynash juda qiyin»

Ranyeri «Lester»dagi faoliyati haqida: «Bir vaqtning o‘zida ham chempionatda, ham Chempionlar ligasida o‘ynash juda qiyin»

Baho:
+ | -

«Lester»ni Angliyaning eng yaxshi jamoasiga aylantirgan italiyalik mutaxassis Klaudio Ranyeri «tulkilar» bilan o‘tgan faoliyatini yodga oldi. 2015-16 yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra qo‘lga kiritilgan unvon jamoa tarixidagi yagona chempionlik hisoblanadi.

«Afsuski, keyingi mavsum u qadar muvaffaqiyatli kechmadi. Men hammani erishgan natijamizni takrorlay olmasligimizdan ogohlantirgandim. Buning iloji yo‘q edi. Agar bunga o‘rganmagan bo‘lsangiz, bir vaqtning o‘zida ham chempionatda, ham Chempionlar ligasida o‘ynash juda qiyin. Bu juda katta jismoniy va ruhiy kuch talab qiladi», — deb eslaydi Ranyeri FourFourTwo nashriga bergan intervyusida.

Hozirda Ranyeri «Roma» klubida texnik direktor lavozimida ishlamoqda, «Lester» esa Chempionshipning xavfli hududida (pastki o‘rinlarda) bormoqda.

Kiritildi: 17:53, 19.04.2026.
O'qildi: 548 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик