Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

Superliga. Doriyevning dubliga Toshmirzayev xet-trik bilan javob qaytardi va «Bunyodkor» Zominda «So‘g‘diyona»ni kambek evaziga mag‘lub etdi

Superliga. Doriyevning dubliga Toshmirzayev xet-trik bilan javob qaytardi va «Bunyodkor» Zominda «So‘g‘diyona»ni kambek evaziga mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasining 8-turida Jizzaxdagi «Zomin» markaziy stadionida o‘tgan bahsda «Bunyodkor» irodali o‘yin namoyish etib, «So‘g‘diyona»ni 3:2 hisobida mag‘lub etdi.

Uchrashuv maydon egalari uchun juda omadli boshlandi. 4-daqiqada Mulich tomonidan yetkazilgan uzatmani Lyupcho Doriyev darvozaga joylab, hisobni ochdi. VAR tekshiruvidan so‘ng gol inobatga olindi. 26-daqiqada esa o‘sha Doriyev dubl rasmiylashtirib, hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi.

Shundan keyin «Bunyodkor» hujumga o‘tdi va birinchi bo‘lim oxirida muhim gol urdi. 39-daqiqada Bilolxon Toshmirzayev individual harakatlari bilan farqni qisqartirdi — 2:1.

Ikkinchi taym boshlanishi bilanoq mehmonlar yana faollikni oshirdi. 50-daqiqada Toshmirzayev jarima zarbasini golga aylantirib, hisobni tenglashtirdi — 2:2.

Uchrashuv taqdirini esa aynan shu futbolchi hal qildi. 69-daqiqada «Bunyodkor» futbolchilari tashkil etgan chiroyli kombinasiyani Bilolxon Toshmirzayev gol bilan yakunlab, xet-trik qayd etdi — 2:3.

Qolgan vaqtda «So‘g‘diyona» hisobni tenglashtirish uchun bosimni kuchaytirdi, bir necha xavfli vaziyatlar yuzaga keldi. Ammo mehmonlar darvozaboni ishonchli harakat qildi va jamoasiga g‘alabani saqlab qolishga yordam berdi.

Shu tariqa, «Bunyodkor» 0:2 hisobidan ortga qaytib, juda muhim g‘alabaga erishdi. "Qaldirg‘ochlar"ning ochkolari 16 taga yetdi va jamoa jadvalda 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi. "So‘g‘diyona" esa 5 ochko bilan 15-pog‘onada qoldi.

O‘zbekiston Superligasi, 8-tur
19 aprel 2026 yil. Jizzax, «Zomin» stadioni
«So‘g‘diyona» — «Bunyodkor» 2:3 (2:1)
Gollar: Lyupcho Doriyev 4 (1:0), Lyupcho Doriyev 26 (2:0), Bilolxon Toshmirzayev 39 (2:1), Bilolxon Toshmirzayev 50 (2:2), Bilolxon Toshmirzayev 69 (2:3)

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 17:58, 19.04.2026.
O'qildi: 936 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик