Kirish Ro'yxatdan o'tish

Saloh «Everton» bilan derbida Jerrardning rekordini takrorladi

Saloh «Everton» bilan derbida Jerrardning rekordini takrorladi

Baho:
+ | -

«Liverpul» hujumchisi Muhammad Saloh Angliya chempionatining 33-turidan o‘rin olgan «Everton»ga qarshi o‘yinda gol urib, hisobni 1:1 ko‘rinishiga keltirdi. Ushbu gol misrlik futbolchiga mersisaydliklarning sobiq sardori Stiven Jerrardning «Everton»ga qarshi derbilarda urilgan gollar soni bo‘yicha ko‘rsatkichini takrorlash imkonini berdi.

OptaJoe nashrining ijtimoiy tarmoqlardagi xabariga ko‘ra, endilikda ikkala futbolchi hisobida ham ushbu qarama-qarshiliklarda urilgan 9 tadan gol mavjud.

Ta’kidlash joizki, bu Saloh uchun «Liverpul» libosidagi so‘nggi Mersisayd derbisi hisoblanadi. Avvalroq, Muhammad Saloh mavsum yakunlanganidan keyin, jamoadagi to‘qqiz yillik faoliyatidan so‘ng klubni tark etishi rasman ma’lum bo‘lgan edi.

Kiritildi: 19:39, 19.04.2026.
O'qildi: 705 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик