Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Bavariya» «Shtutgart»ni mag‘lub etib, 35 karra Bundesliga chempioniga aylandi

«Bavariya» «Shtutgart»ni mag‘lub etib, 35 karra Bundesliga chempioniga aylandi

Baho:
+ | -

Germaniya chempionatining 30-turi doirasida «Bavariya» o‘z maydonida «Shtutgart» ustidan 4:2 hisobida g‘alaba qozondi.

Mezbonlar safida gollarga Rafael Gerreyru, Nikolas Jekson, Alfonso Devis va Harri Keyn mualliflik qilishdi. Mehmonlardan esa Kris Fyurix va Chema Andres o‘z ismini tabloga yozdirib qo‘ydi.

Ushbu uchrashuv natijasiga ko‘ra, «Bavariya» 2025/26 yilgi mavsum chempionligini muddatidan oldin rasmiylashtirdi. Turnir yakuniga to‘rt tur qolganda myunxenliklar 79 ochko bilan Bundesliga peshqadami bo‘lib turibdi. Shu tariqa, «Bavariya» o‘z tarixida 35-bor Germaniya chempionligini qo‘lga kiritdi. «Qizillar» ushbu sovrinlar soni bo‘yicha mutlaq rekordchi hisoblanishadi.

«BAVARIYA» — «SHTUTGART» — 4:2

Gollar: Kris Fyurix 21 (0:1), Rafael Gerreyru 31 (1:1), Nikolas Djekson 33 (2:1), Alfonso Deyvis 37 (3:1), Harri Keyn 52 (4:1), Andres 89 (4:2).

«Bavariya»: Urbig, Kim Min Dje, Ito, Deyvis (Laymer, 62), Stanishich (Ofli, 85), Kimmix, Goreska, Musiala (Keyn, 46), Luis Dias (Olise, 46), Rafael Gerreyru (Sapoko Ndiay, 76), Nikolas Djekson.

«Shtutgart»: Nyubel, Shabo, Yelch (Xakes, 46), Xendriks, Vagnoman, Shtiller (Mittelshtedt, 66), Karazor, Fyurix (Andres, 66), Leveling (Demirovich, 76), Bilal El-Xannus, Tiagu Tomash (Buanani, 85).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 22:34, 19.04.2026.
O'qildi: 895 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик