Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

Xoland APLda samaradorlik bo‘yicha tengsiz bo‘lib turibdi

Xoland APLda samaradorlik bo‘yicha tengsiz bo‘lib turibdi

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» hujumchisi Erling Xoland joriy mavsumda APLda «gol+pas» tizimi bo‘yicha 30 ochko jamg‘argan ilk futbolchiga aylandi.

Norvegiyalik hujumchi Premyer-liganing 33-turi doirasida bo‘lib o‘tgan «Arsenal»ga qarshi bugungi o‘yinda (2:1) o‘z hisobiga gol yozib qo‘ydi.

Hozirda Xolandning hisobida Premyer-liganing 31 ta uchrashuvida kiritilgan 23 ta gol va 7 ta golli uzatma mavjud. Erling APLdagi faoliyati davomida uchinchi bor bir mavsumda 30 ta samarali harakat marrasini zabt etdi — bundan yaxshiroq natijani faqat Tyerri Anri (4 mavsum), Harri Keyn (4), Alan Shirer (5) va Muhammad Saloh (5) qayd etishgan.

Kiritildi: 23:15, 19.04.2026.
O'qildi: 578 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик