Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona 2-3 Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 0-0 Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi

JCHda 97 ta gol urgan O‘zbekiston xokkey terma jamoasi III divizionning «A» guruhiga yo‘l oldi

JCHda 97 ta gol urgan O‘zbekiston xokkey terma jamoasi III divizionning «A» guruhiga yo‘l oldi

Baho:
+ | -

Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati uchinchi divizionining “A” guruhiga yo‘l oldi. O‘zbekiston uchinchi divizionning "B" guruhi doirasidagi hal qiluvchi beshinchi bahsda mezbon – Gonkong jamoasini 9:4 hisobida mag‘lub etdi. Bu haqda O‘zbekiston xokkey federasiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Normunds Seeys boshqaruvidagi O‘zbekiston terma jamoasi guruhdagi barcha o‘yinlarda g‘alaba qozonib, birinchi o‘rinni egalladi va bu natija evaziga “A” guruhiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning aprel oyida jamoa Yerevanda to‘rtinchi divizion g‘olibi bo‘lgan edi. O‘zbekiston Xalqaro xokkey federasiyasiga (IIHF) 2019 yilda qabul qilingan.

“A” guruhi uchun kurash yo‘lida O‘zbekiston terma jamoasi quyidagi raqiblaridan ustun keldi:

Mo‘g‘uliston (26:1)
Filippin (28:3)
KXDR (20:3)
Lyuksemburg (14:0)
Gongkong (9:4)

Lyuksemburg ustidan qozonilgan g‘alaba o‘zbekistonlik xokkeychilarga ushbu divizionning "B" guruhida gol urish bo‘yicha yangi rekord o‘rnatish imkonini berdi. Avvalgi rekord Qirg‘iz Respublikasiga tegishli edi (2023 yilda 76 ta gol). Turnir yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston hisobida jami 97 ta shayba mavjud.

Vadim Kravchenko musobaqaning eng yaxshi xokkeychisi deb topildi. O‘zbekiston terma jamoasining asosi Toshkentning “Humo” va “Binokor” jamoalari hisoblanadi.

2027 yilda O‘zbekiston terma jamoasi uchinchi divizionning “A” guruhida Tayvan, Meksika, Bosniya va Gersegovina, JAR hamda Tailand jamoalari bilan kuch sinashadi. “A” guruhida so‘nggi o‘rinni egallagan Turkmaniston terma jamoasi esa 2027 yilda o‘z yurishini "B" guruhida davom ettiradi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 05:04, 20.04.2026.
O'qildi: 330 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик