Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ - Arsenal
30/05 21:00 PSJ - Arsenal

«Real» Ryudigerga ortiq shubha qilmaydi

«Real» Ryudigerga ortiq shubha qilmaydi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi markaziy himoyachisi Antonio Ryudiger, aftidan, klub bilan shartnomasini uzaytiradi. 33 yoshli futbolchi «qaymoqranglilar» rahbariyatida o‘zining o‘yin sifati va jismoniy holati borasida tug‘ilgan barcha shubhalarni tarqatib yubordi, deb xabar bermoqda Diario AS.

Aynan shu sababli klub tajribali germaniyalik himoyachiga rasmiy taklif bilan chiqdi. Dastlab futbolchi ikki yillik shartnoma tuzishni talab qilgan edi, biroq uning bir yillik kelishuvga rozi bo‘lishi kutilmoqda. Joriy mavsumda Antonio Ryudiger madridliklar safida barcha turnirlarda 21 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Markaziy himoyachining amaldagi shartnomasi shu yilning iyun oyi oxirida nihoyasiga etadi.

Kiritildi: 08:45, 20.04.2026.
O'qildi: 576 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик