Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

Frenk Lempard — Chempionshipda mavsumning eng yaxshi murabbiyi!

Frenk Lempard — Chempionshipda mavsumning eng yaxshi murabbiyi!

Baho:
+ | -

«Koventri» ustozi Frenk Lempard Chempionshipning 2025/2026 yilgi mavsumidagi eng yaxshi murabbiyi deb topildi. Bu haqda turnir matbuot xizmati e’lon qildi.

Avvalroq «Chelsi» tarkibida futbolchi sifatida Chempionlar Ligasi g‘olibi bo‘lgan mutaxassis ushbu sovringa nomzodlar qatoriga kirgani xabar qilingan edi. U allaqachon mukofotni qabul qilib oldi. Eslatib o‘tamiz, Lempard «Koventri»ni Chempionshipdagi 25 yillik tanaffusdan so‘ng yana APLga olib chiqishga muvaffaq bo‘ldi. Jamoa turnir jadvalida birinchi o‘rinni egallab turibdi va muddatidan oldin yuqori divizion yo‘llanmasini naqd qildi.

Lempard «Koventri» boshqaruviga 2024 yilning noyabr oyida kelgan edi. Shu tariqa, klubni tarixiy muvaffaqiyatga yetaklash uchun unga 1,5 yildan kamroq vaqt kifoya qildi.

Kiritildi: 09:10, 20.04.2026.
O'qildi: 476 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик