Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

Lukaku Neapolga qaytdi

Lukaku Neapolga qaytdi

Baho:
+ | -

«Napoli» hujumchisi Romelu Lukaku Neapolga qaytib keldi.

Eslatib o‘tamiz, mart oyida 32 yoshli hujumchi jismoniy holatini yaxshilashga e’tibor qaratish maqsadida Belgiya terma jamoasi ixtiyorini tark etgan edi. Futbolchi Belgiyada shaxsiy murabbiy bilan mashg‘ulot o‘tkazgan va bu klub bilan kelishilmagan edi. «Napoli»ning pozisiyasi shundan iborat ediki, Lukaku 31 martga qadar jamoa ixtiyoriga qaytishi kerak — aks holda u tarkibdan chetlatilar edi. Romelu belgilangan kuni mashg‘ulotlarga kelmadi va klub uni o‘zboshimchalik bilan kelmagani uchun jarimaga tortishga qaror qildi.

Football Italia nashrining CalcioNapoli24 ga tayanib xabar berishicha, «Napoli» hujumchisi yakshanba kuni kechqurun shaxsiy samolyotda Italiyaga uchib kelgan. Yaqin vaqt ichida futbolchi munosabatlarni tiklashga harakat qilish uchun «Napoli» rahbariyati va bosh murabbiy Antonio Konte bilan uchrashishi kutilmoqda.

Kiritildi: 09:14, 20.04.2026.
O'qildi: 611 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик