Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

Levandovskining agenti "Barsa" rahbariyati bilan uchrashadigan bo‘ldi

Levandovskining agenti "Barsa" rahbariyati bilan uchrashadigan bo‘ldi

Baho:
+ | -

Tajribali markaziy hujumchi Robert Levandovski kelasi mavsumda ham Kataloniyaning «Barselona» klubida qolishi mumkin. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda.

Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 37 yoshli hujumchining manfaatlarini himoya qiluvchi futbol agenti Pini Zaxavi «ko‘k-anorranglilar» bilan o‘z mijozining kelajagini muhokama qiladi. Levandovskining «Barselona» bilan amaldagi mehnat shartnomasi joriy mavsum yakunida nihoyasiga yetadi.

Kataloniya grandi yulduzli to‘purarga yangi bir yillik shartnoma taklif qilishga tayyor. Robertning o‘zi ham bir qator Yevropa klublari tomonidan qiziqishlar bo‘layotganiga qaramay, «Barselona»da qolishga qarshi emas. Ispaniya chempionatining joriy mavsumida Levandovski 25 ta o‘yin o‘tkazib, 12 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 10:30, 20.04.2026.
O'qildi: 534 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик